Turkiya madhiyasining muallifi o’zbek bo’lganmi?

 Turkiya madhiyasining muallifi o’zbek bo’lganmi?

Bugungi zamonaviy Turkiya Respublikasining davlat madhiyasi «İstiklâl Marşı» 1921-yil tasdiqlangan bo’lib, madhiya asoschisi Mehmet Akif Ersoydir.

Mehmet Akif Ersoy 1873-yil 20-dekabrda Usmoniylar imperiyasi poytaxti Istanbulda tavallud topgan. U respublika davridagi turk yozuvchi va shoirlari orasidagi eng mashhur shaxslardir biri bo’lgan. Bugungi kunda u yozgan «İstiklâl Marşı» Turkiya Respublikasi va Shimoliy Kipr Turk Respublikasining rasmiy madhiyasi hisoblanadi. Ushbu muvafaqqiyatli ishi tufayli Mehmet Akif Ersoy xalq tomonidan «Vatan Şairi» va «Millî Şair» sifatida ulug’lanadi.

Mehmet Akif Ersoyning millati chindan ham o’zbek bo’lganmi? Mehmet Akifning otasi Ipekli Tohir afandi Albaniyada tug’ilgan va millati alban bo’lgan. Shoirning onasi Emine Sherife honim esa asli kelib chiqishi Buxorolik o’zbek bo’lgan. Shoirning onasini ajdodlari Buxorodan Istanbulga ko’chib kelib, shu yerda istiqomat qilishni boshlagan.

Demak Mehmet Akif Ersoy ota-onasining kelib chiqishi alban va o’zbek millatiga mansub bo’lgan.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan