Istanbulning eng yaxshi savdo markazlari

 Istanbulning eng yaxshi savdo markazlari

Bugungi kunda Istanbul dunyoning eng rivojlangan shaharlaridan biri hisoblanadi. Turkiyada savdo markazlari qurilishi yangi konsepsiya hisoblanadi va 1980-yillardan boshlab qo’llanilgan. Quyida siz Istanbuldagi eng katta, eng mashhur va eng ajoyib savdo markazlari haqida ma’lumot berilgan. Savdo markazlarning aksariyati Taksim hududiga yaqin, shuning uchun ularga avtobus, metro yoki taksida borish oson.

Istinye Park

İstinye Park - Wikipedia

Ushbu savdo markazi Sariyerning Istinye tumanida joylashgan. Ushbu savdo markazi 242,000 m2 tashkil etib, u yerda yashil markaziy park, moda maydonchalari, ko’cha xarid markazlari, 1,500 m2 bolalar ko’ngilochar markazlari, Hillside sport va dam olish klubi, tarixiy turk me’morchiligidan ilhomlanib qurilgan bozor, 12 ta kinozal kabi turli xil ichki va tashqi qismlar mavjud.

Nişantaşı

Торговый центр City's Nisantasi в Стамбуле: магазины, бренды, фото, как  добраться - 2021

Xarid qilish u yoqda tursin, moda markazida bo’lishni istasangiz, Sisli tumanining bir qismi bo’lgan va Taksim hududiga juda yaqin bo’lgan Nisantashi shaharning tarixi bilan uyg’unlashganini ko’rishingiz kerak. Savdo markazining kontseptsiyasi turmush tarzi uchun mo’ljallangan savdo markazi sifatida tavsiflanadi. Do’kon, kafe, restoranlarning xilma-xilligi va aholi zich joylashgan hududga mos bo’lgan olti qavatli va 24 soat avtoulovlarga xizmat qiladigan avtopark mavjud.

Galleriya

Top 16 Shopping Malls in Istanbul 2021 | Istanbul Travel Blog

Ushbu savdo markazi aeroportdan chiqib, shahar markaziga borish yo’lidagi eng birinchi savdo markazidir. 1980-yillarda Turkiyada ko’plab ijtimoiy o’zgarishlar ro’y bergan. Savdo markazining qurish rejasini Xyustondagi savdo markazidan ilhomlangan Turkiya bosh vaziri Turgut Ozal qurishni maslahat bergan. Gallereya markazi Ataköy tumanida dengiz bo’yiga yaqin joyda joylashgan va 77,000 m2 maydonda qurilgan.

Akmerkz

Akmerkez - Wikipedia

Savdo markazi Beshiktoshning Etiler tumanida joylashgan va Istanbuldagi elita jamiyati orasida eng kerakli joylardan biri. Shuningdek, u Levent va Maslak biznes tumanlariga yaqin. Taxminan 180,000 m2, 250 do’konga ega ushbu to’rt qavatli savdo markazi 1993-yil dekabr oyida mehmonlarga o’z eshiklarini ochgan. Mahalliy va markaz atrofidagi aholiga kirish bepul. Markaz ertalab 10:00 dan kechki 22:00 ga qadar har kuni ishlaydi.

Forum Istanbul

Forum Istanbul Shopping Mall - Miyamoto International

Siz Forum Istanbulda o’zingizga nima zarur bo’lsa, hammasini topa olasiz. Ushbu savdo markazi 2009-yilda qurilgan va 495,000 m2 maydonni egallagan bo’lib, shundan taxminan 8,000 m2ni Turkiyaning birinchi ulkan akvariumi – Turkuazoo va birinchi Sehrli Muz muzeyi egallagan.

Qolganlari IKEA, Decathlon, Praktiker kabi yirik do’konlar, bir nechta texnologik do’konlar, 62 mahalliy va xalqaro kiyim-kechak do’konlari, 15 kafe, 34 restoran va 10 kinoteatrdan iboratdir.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan